Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

YURTIMIZNI ETAYLIK OBOD

2021 yilning 21 avgust kuni mamlakatimiz miqyosida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari bo'lib o'tdi. Unda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va ko'rkamligiga munosib hissa qo'shishdi.

“Ozoda joyda fayzu baraka va sihat-salomatlik bo'ladi”, degan hikmatli naqlga rioya etgan mehnatsevar hamkasblarimiz ko'chalarni supurib, daraxtlarni oqlashdi. Daraxtlar tagini yumshatib, bog'dorchilik ishlari bilan ham shug'ullanishdi.

“Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi doirasida o'tkazilgan ushbu keng ko'lamli umumxalq xayriya hasharini Markaz xodimlari ahillik, hamjihatlik va ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi.

Bu kabi tadbirlar shaharu qishloqlarimizni yanada ko'rkamlashtirish, atrof-muhit ozodaligini ta'minlash, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish kabi maqsadlarda vatandoshlarimizni hamjihatlikka chorlashi bilan ham ahamiyatli. Zero, yurtimizni obod etishga har birimiz mas'ulmiz.

Azizbek RAMAZONOV,
“Demokratlashtirish va inson huquqlari”
jurnali mas'ul kotibi

Nashr sanasi 23.08.2021 Ko'rishlar 6 157
Ulashish