Mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yakunlandi

Akademiyada yuridik fanlar ixtisosliklari bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo'yicha navbatdagi tanlovning yakuniy bosqichi – talabgorlar bilan suhbat nihoyasiga yetdi.

 

Navbatdagi tanlovda ishtirok etgan 27 nafar talabgordan 23 nafari yoki 85 foizi prokuratura organlarida faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi xodimlar va Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi bitiruvchilari hisoblanadi. Ushbu raqamlar prokuratura tizimidagi xodimlarda ilmiy tadqiqot ishiga qiziqish ortib borayotganligini, qolaversa Bosh prokuratura Akademiyasida ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi. Akademiyada yuridik fanning barcha ixtisosliklari bo'yicha huquqning dolzarb muammolariga bag'ishlangan dissertatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.

Qabul jarayonida Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Saralash ikki bosqichdan, ya'ni talabgorlarning ilmiy tadqiqot olib borish ko'nikmalarini aniqlash va tanlangan mavzularining dolzarbligini baholashdan iborat bo'ldi. Shuningdek, suhbatda
komissiya a'zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ham savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Manba: proacademy.uz

Powered by GSpeech