Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) Dilmurod Qosimov bilan uchrashdi.
Uchrashuv BMT Maxsus ma’ruzachisining mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.
Ni Aolayn xonimning tashrif dasturidagi uchrashuvlar davom etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 30.11.2021
- Ko'rishlar: 2983
- Chop etish