Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Frantsuz jurnalisti bilan muloqot

23 dekabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Frantsiyada nashr etiladigan «L'Opinion» gazetasi tahririyatining “Osiyo” bo'limi mudiri va muharriri Klod Leblancni qabul qildi. Frantsuz jurnalisti mamlakatimizga saylov jarayonlarini yoritish uchun tashrif buyurgan.

Muloqot chog'ida, avvalambor, demokratik davlatning muhim sharti – fuqarolar saylash va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanish huquqidan foydalanishini ta'minlash ekani ta'kidlandi. Saylov huquqining xalqaro mezonlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi va boshqa qonun hujjatlaridan iborat milliy saylov qonunchiligiga to'liq implementatsiya qilingan.

Kuni kecha bo'lib o'tgan saylovlar yurtdoshlarimiz ana shu huquqlaridan amalda foydalanishining yaqqol ifodasi bo'ldi. Bu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea “Yangi O'zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida, fuqarolarning siyosiy faolligi ortgan sharoitda hamda yangi saylov qonunchiligiga muvofiq bo'lib o'tgani e'tiborga loyiqdir.

Frantsuz jurnalisti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati va ahamiyati bilan qiziqdi. Suhbat asnosida keyingi uch yilda mamlakat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarning samaralari xususida so'z bordi. 

K.Leblanc o'zini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyati haqida ham atroflicha ma'lumotga ega bo'ldi. 

Mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar turkumi taqdim etildi.

 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 23.12.2019 Ko'rishlar 9 911
Ulashish