“Inson huquqlari kutubxonasi” turkumida nashr etilgan salmoqli kitoblar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta okrug saylov komissiyasi kutubxonalari uchun taqdim etildi.
Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining o‘zaro hamkorligi doirasida amalga oshirildi.
Saylov komissiyalariga yetkazib berilgan yangi kitoblar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning brayl alifbosida chop etilgan nashrlari alohida o‘rin tutadi.
Shuningdek, “Saylov huquqi atamalari lug‘ati”, “Uchinchi Renessans va inson huquqlari”, “Yangi O‘zbekiston va saylov qonunchiligi” kabi risolalar nafaqat saylov komissiyalari a’zolari, balki saylovchilarga ham foydali hamda manzur bo‘lishi tayin.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 27.09.2021
- Ko'rishlar: 3574
- Chop etish