Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2020 yil 11 martda yangi COVID-19 koronavirusining pandemiya deb e'lon qilinishi munosabati bilan, shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi hukumati Inson xuquqlari bo'yicha Samarqand forumini keyinga qoldirishga qaror qilganini ma'lum qiladi (2020 yil 28-29 may).
Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz dunyodagi epidemiologik vaziyatni tez orada hal etilishiga umid qilmoqda va inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish sohasida yanada samarali hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi.
- Qo'shildi: 26.03.2020
- Ko'rishlar: 4276
- Chop etish