“Xalq so'zi” gazetasining 2020 yil 15 fevral sonida davlatimiz rahbari Murojaatnomasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarga rossiyalik taniqli siyosatchilar va ekspertlarning munosabatlari e'lon qilingan. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo'yicha kengashi sobiq raisi Mixail Fedotov ham bor.
Yaqinda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning Rossiya Federatsiyasiga safari doirasidagi tadbirlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng muhokama qilingandi. M.Fedotov O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasida shu mavzuda o'tkazilgan davra suhbatida bevosita ishtirok etgan.
Rossiyalik taniqli siyosatchining fikricha, O'zbekiston Prezidentining milliy parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida mamlakatni taraqqiyotga eltuvchi dadil tashabbuslar ilgari surilgan. Qolaversa, mazkur dasturilamal hujjatda Shavkat Mirziyoevning davlat arbobi sifatidagi o'ziga xos xususiyati yangilanish ruhi bilan yo'g'rilgan.
O'zbekiston Prezidenti jamiyatni demokratlashtirish, davlat organlari faoliyati fuqarolarning huquq va manfaatlariga qaratilishini ta'minlashga katta e'tibor berayotgani diqqatga sazovordir, deb ta'kidlaydi rossiyalik ekspert.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 18.02.2020
- Ko'rishlar: 4603
- Chop etish