YOSHLARNING GLOBAL CHAQIRIQLARI DUNYO XALQLARINI TINCHLIK VA TARAQQIYOTGA UNDAYDI

Toshkentda “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ushbu tadbir dunyo hamjamiyati tomonidan BMT kuni deb e’lon qilingan tarixiy sana — 24 oktyabr arafasida o‘tganida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Shuningdek, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 maydagi farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov kirish so‘zida qayd etganidek, yoshlar forumi ana shunday muhim xalqaro sanalar, shuningdek, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusini amalga oshirish doirasida o‘tkazilgani bilan ahamiyatli.

Forumda, shuningdek, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakili v.b. Jofri Ijumba, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaldagi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Memet Jaku hamda Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi vakili Muhammad Laval Sulaymon va boshqalar so‘zga chiqdi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi esa forum qatnashchilarini videomurojaat orqali tabrikladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, bugun dunyo aholisining 16 foizini 15-24 yoshdagi navqiron avlod tashkil etadi. Yoshlar yangilanishlarni harakatga keltiruvchi kuch. O‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va kelajak avlodlar hayoti uchun munosib dunyoni bunyod etish ularning zimmasidagi muhim vazifadir. Buning uchun ularga zarur sharoit yaratish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash lozim. BMT tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha kun tartibida ana shu yo‘nalishda ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, Barqaror rivojlanish bo‘yicha barcha 17 maqsad va ularga erishishga doir 169 vazifaning har birida yoshlar manfaati aks etgan.

Bundan tashqari, yoshlar ehgiyojini ro‘yobga chiqarish, ular salohiyatini rivojpantirish va huquqparini kengaytirish maqsadida BMT tomonidan 2030 yilgacha “Yoshlarni jamiyat hayotiga jalb qilish orqali demokratiyani mustahkamlash” yoshlar strategiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston ushbu strategiyani jadal sur’atlarda amalga oshirayotgan dunyoning o‘nta davlati qatoriga kirishi quvonarlidir.

Bugungi kunda yurtimizyoshlarijamiyatdagi o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi va modernizatsiyaning muhim resursi, iqgisodiy o‘sish va avlodlar farovonligini ta’minlashning qimmatli insoniy quvvati, mamlakatbarqaror rivojpanishini harakatga kelgiruvchi asosiy qatlam hisoblanadi. Shu bois, mamlakatimizda yoshlarning yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy mezonlar asosida ta’lim va jamiyatga faol ingegratsiyalashuviga apohssa e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi taxrirdagi Konstitutsiyamizda yoshlarning huquqparini har tomonlama himoya qilish, ularning rivojpanishi hamda o‘z maqsadlariga erishishi uchun teng imkoniyatlar yaratilishi belgilasdi. Bundan tashqari, Asosiy qonunning alohida moddasida iqgidorli yoshlarning davlat hisobsdan oliy ta’lim olish i kafolatlandi.

Har qanday jamiyatning barqaror rivojlanishida yoshlarning o‘rni muhim. Ana shu jihatlar e’tiborga olinib, O‘zbekiston yoshlar masalasida xalqaro maydonda ham muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda. Shuningdek, yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023 yil

15 sentyabrda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yoshlarni jamiyatning madaniy, siyosiy, ijgimoiy va iqgisodiy hayotiga yanada keng jalb etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan “Yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risida bitim”ni imzoladi. Ushbu mintaqaviy hujjatni qabul qilishdan maqsad yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir.

Forumda so‘zga chiqqanlar ushbu xalqaro anjuman yoshlar siyosati, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha zaruriy bilimlarga ega bo‘lish, o‘zaro tajriba almashish, dolzarb g‘oya va loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun qulay axborot-ma’rifat va amaliy muhokama-munozara maydoni bo‘lganini aytib o‘tdi. Bunda xalqaro anjuman davomida siyosatchilar va jamoat arboblari, ilmiy-akademik doiralar namoyandalari, tadbirkorlar, O‘zbekiston va dunyo yoshlari vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jonli muloqotlar muhim ahamiyat kasb etgani qayd qilindi.

Forumning yalpi majlislarida yoshlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro, mintaqaviy va milliy vositalari, mexanizmlari, xalqaro miqyosda yoshlar huquqlarini ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida yoshlar huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasi ishlab chiqildi va muhokama qilindi.

Biz esa, o‘z navbatida, forumda ishtirok etgan yoshlarning taassurotlari bilan qiziqdik.

Azamat ABDURAHIMOV,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi:

— Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida yoshlarning huquqini himoyalash, tengdoshlarimizning jamiyat hayotidagi ishtirokiga oid yangiliklar bilan tanishdik. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda yuritilayotgan davlat siyosati, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Tabiiyki, tengdoshlarimiz yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarga katta qiziqish bildirdi va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish xususida fikrlashdi.

Mamlakatimizda o‘tgan ushbu nufuzli tadbir va unda kelishilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, biz, yoshlarning zimmamizga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bu jabhada ishlarga, avvalo, o‘qish, ilmfan sohasidagi yutuqparimiz, qolaversa, jamiyat hayotidagi faol ishtirokimiz bilan hissa qo‘shmog‘imiz lozim. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Masalan, bizning oliy ta’lim muassasamiz misolida aytadigan bo‘lsak, oliy ta’lim dargohimiz smart tizimida faoliyat yurityapti. Bu ta’lim jarayonida ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash, zamonaviy talablar asosida bilim olishimiz uchun qulay sharoit yaratadi. Imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz rivojiga munosib ulush qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lish burchimizdir.

Farzona QAYuMOVA,

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi:

— Forum doirasida yoshlar huquqlarini muhofazalash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ustuvor vazifalar qizg‘in muhokamada bo‘lgani bejiz emas. Zero, yoshlar har bir davlatning kelajagi. Ertangi kunning qanday bo‘lishi ularning bilim va salohiyatiga bog‘liq. Shu bois, Prezidentimiz milliy va xalqaro tadbirlardagi har bir chiqishida yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Davlatimiz rahbari dunyoning nufuzli minbarlaridagi chiqishlarida, albatta, yoshlar masalasi bilan bog‘liq yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari suradi. Ularda ko‘zda tutilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga ustuvor ahamiyat beriladi.

Ushbu nufuzli forum ana shunday sa’yharakatlar mahsulidir. Unda ishtirok etib, yoshlar siyosati bo‘yicha yangi bilim va tajribalar orttirdik. Bu kelgusida nafaqat milliy, balki xalqaro loyihalarda ham yoshlar huquqini himoyalash bo‘yicha faol va tashabbuskor bo‘lishimizga zamin yaratadi.

Bahor XIDIROVA, “Yangi O‘zbekiston" muxbiri

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2023 yil 24 oktyabr kungi 221 (1010)-soni

Powered by GSpeech