1-iyul kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida monitoring boshlandi. Bunda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” fanlarini o‘qitish sifati bo‘yicha mavjud holat o‘rganilmoqda.
Monitoring Prezidentimizning 2023-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.07.2024
- Ko'rishlar: 1788
- Chop etish