Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar ijobiy baholandi

Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Szyango boshchiligidagi delegatsiya Bosh prokuraturaga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Bosh prokuror o‘rinbosari S.Ortiqova delegatsiya vakillariga mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarda «Inson qadri uchun» tamoyili bosh mezon bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Keyingi yillarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlari, ayollar huquqlarini himoya qilish tizimi yangi darajaga chiqdi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan siyosat hamda xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.

Delegatsiya vakillari tomonidan O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar ijobiy baholandi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muloqot tarzida o‘tdi.

N.Abduraimova, O‘zA

Nashr sanasi 01.08.2024 Ko'rishlar 4 523
Ulashish