Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Toşkentda biznes va inson huquqlari böyiça birinçi Milliy muloqot bölib ötdi

2026-yil-9-noyabr kuni Toşkent şahridagi «Azimut Grand» mehmonxonasida «Özbekistonda biznes va inson huquqlari böyiça birinçi Milliy muloqot: istiqbol sari yöl oçiş» mavzusida tadbir bölib ötdi. Milliy muloqot Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi va BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) «Biznes va inson huquqlari» qöşma loyihasi doirasida taşkil etildi.

Gibrid formatda ötkazilgan tadbirda davlat organlari, Oliy Majlis palatalari, işçilar va iş beruvçilar taşkilotlari, tadbirkorlar, ilmiy muassasalar, nodavlat notijorat taşkilotlari hamda xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Muloqotni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va BMTTDning Özbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii oçib berdi. A. Saidov öz sözida BMTning Biznes va inson huquqlari böyiça yetakçi tamoyillari, Yevropa Ittifoqining korporativ barqarorlik böyiça yangi talablari va ularning özbek eksportçilariga ta’siri haqida töxtaldi.

«Xorijiy investor va xaridor bugun mahsulot narxi va sifati bilan birga uning qanday şaroitda işlab çiqarilganini ham söraydi», – dedi öz sözida akademik A. Saidov.

Milliy markaz direktori Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş böyiça muzokaralari hamda-2026-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining Xalqaro investitsiyalar va transmilliy korxonalar töğrisidagi deklaratsiyasiga qöşiliş jarayonini boşlaş haqidagi murojaatini eslatdi. Şuningdek, u Milliy markaz tomonidan işlab çiqilgan Biznes va inson huquqlari böyiça Milliy harakatlar rejasi loyihasi haqida ma’lumot berdi.

Birinçi sessiyada biznes va inson huquqlari sohasidagi global va mintaqaviy tendensiyalar, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining mas’uliyatli biznes yuritiş standartlari hamda ularning savdo, investitsiyalar va ta’minot zanjirlari uçun ahamiyati muhokama qilindi. Sessiyada Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) ham sözga çiqdi.

Ikkinçi sessiyada BMTTD buyurtmasi bilan tayyorlangan Milliy bazaviy baholaş natijalari taqdim etildi. Baholaşga köra, Özbekistonda bu soha uçun zarur unsurlar mavjud, biroq ular hali yaxlit milliy tizimga birlaşmagan. Qişloq xöjaligi, quriliş va işlab çiqariş tarmoqlarida mehnat huquqlari, atrof-muhit va mahalliy jamoalar bilan boğliq xavflar saqlanib qolmoqda.

Tuşdan keyingi muhokamalar davlatning biznes bilan boğliq inson huquqlari buzilişidan himoya qiliş majburiyati hamda kompaniyalarning tegişli tekşiruv orqali inson huquqlarini hurmat qiliş mas’uliyatiga bağişlandi.

Uçinçi sessiyada Milliy markaz, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi vakillari sözga çiqdi.

Muloqot yakunida iştirokçilar keyingi hamkorlik uçun ustuvor yönalişlarni va navbatdagi Biznes va inson huquqlari böyiça Milliy harakatlar rejasini tayyorlaş sari qadamlarni muhokama qildi. Muloqot natijalari Milliy markaz va BMTTD tomonidan umumlaştiriladi.

Tadbir doirasida-10-noyabr kuni davlat organlari va fuqarolik jamiyati taşkilotlari vakillari uçun inson huquqlari böyiça zarur darajadagi tekşiruv masalalariga bağişlangan bir kunlik trening, 11–13-noyabr-kunlari esa biznes vakillari uçun uç kunlik trening ötkaziladi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 09.11.2026 Ko'rishlar 236
Ulashish