Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Pekin forumi: Sun’iy intellekt va sivilizatsiyalar hamjihatligi

2026-yil-7–8-noyabr-kunlari Pekin sivilizatsiyalar forumi öz işini şöba majlislari va simpoziumlar doirasida davom ettirdi. Pekin universiteti şafeligidagi xalqaro muloqot maydonida jadal özgarayotgan dunyo, raqamli texnologiyalarning şiddatli taraqqiyoti hamda sun’iy intellektning inson va jamiyat hayotining barça jabhalariga kirib borişi şaroitida turli sivilizatsiyalar qanday qilib hamjihat yaşaşi va bir-birini boyitişi mumkinligiga oid mavzu va tadqiqotlar muhokama qilindi.

Texnologiya, gegemonlik va sivilizatsiyalarning özaro boyişi masalalariga bağişlangan muhokamalarda globallaşuv jarayoni çuqur özgarişlarni boşdan keçirayotgani ta’kidlandi. Bir tomondan, ilğor texnologiyalar majmuasi — sun’iy intellekt, kvant hisoblaşlari, biotexnologiyalar va yangi energetika iqtisodiy, harbiy hamda ijtimoiy tuzilmalarni misli körilmagan sur’atda özgartirmoqda. Uşbu texnologiyalar davlatlarning umumiy qudratini belgilovçi asosiy omillarga hamda buyuk davlatlar örtasidagi raqobat va gegemonlik uçun kuraşning yangi öçoqlariga aylandi.

Boşqa tomondan esa insoniyat oldida turgan xavf-xatarlar, jumladan, iqlim özgarişi, ziddiyat va inqirozlar, şuningdek, raqamli tengsizlik texnologiyalarni boşqariş hamda bilim almaşiş borasida madaniyatlararo kengroq hamkorlikni qat’iy talab etmoqda. Bunday şaroitda "sivilizatsiyalarning bir-birini boyitişi" konsepsiyasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Texnologik taraqqiyot qaysidir bir sivilizatsiyaning mutlaq manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak. Aksinça, u turli sivilizatsiyalar örtasida teng huquqli muloqot örnatiş va insoniyatning umumiy muammolarini birgalikda hal etiş uçun köprik vazifasini ötaşi lozim.

Sessiya yiğilişida Germaniya, Italiya, Ispaniya, Özbekiston ekspertlari, şuningdek, Xitoyning yetakçi ta’lim va ilmiy-tahliliy muassasalari vakillarining ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillaboyev sözga çiqdi.

Milliy markaz vakili Özbekistonning sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş va inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi xalqaro hamda milliy sa’y-harakatlari,-2030-yilgaça Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşiriş borasidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Milliy qonunçilikda sun’iy intellektning huquqiy ta’rifi mustahkamlangani hamda inson huquqlarini kamsituvçi avtomatlaştirilgan qarorlarga nisbatan taqiq joriy etilgani alohida ta’kidlandi.

Özbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş alohida loyihalarni amalga oşirişdan tizimli foydalaniş bosqiçiga ötmoqda. Sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkaziş, ilmiy laboratoriyalar taşkil etiş hamda mamlakatning Sun’iy intellektga tayyorlik indeksi böyiça dunyoning yetakçi 50 ta davlati qatoriga kirişini ta’minlaş yuzasidan çoralar körildi.

Yiğiliş iştirokçilariga Özbekiston Prezidentining BMT hamda Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş minbarlarida sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş böyiça ilgari surgan taşabbuslari, şuningdek, mamlakatimizning Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik böyiça jahon taşkilotiga (WAICO) a’zoligi va sun’iy intellekt etikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uçun Ab-u Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Özbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etilgani haqida ma’lumot berildi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 10.11.2026 Ko'rishlar 39
Ulashish