6-noyabr kuni mamlakatimizning XXRdagi diplomatik vakolatxonasi kömagida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillabayev Inson huquqlarini örganiş böyiça Xitoy jamiyati boş kotibi Tan Szyançjun bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasining Pekindagi elçixonasi maslahatçi-elçisi Saidkamol A’zamxöjayev va Xitoy jamiyatining ilmiy xodimlari iştirok etdi.
Suhbatdoş joriy yil 28–29-sentyabr kunlari Inson huquqlarini örganiş böyiça Xitoy jamiyati ijroçi vitse-prezidenti Szyan Szyango iştirok etgan Inson huquqlari böyiça 5-Samarqand forumining samarali ruhda keçganini yuksak baholadi.
«Biz Özbekistonning uşbu yönalişda erişayotgan salmoqli yutuqlarini körib turibmiz. Prezident Şavkat Mirziyoyevning oqilona rahbarligi va öz xalqiga bölgan samimiy ğamxörligi tufayli inson huquqlari masalasi davlat siyosati darajasiga kötarildi. Bugungi kunda mamlakatda bolalar mehnati va majburiy mehnatning barça şakllariga barham berildi va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.
«Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölida global hamkorlik» nomli yakuniy hujjatning BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilingani ham bejiz emas. Bu nafaqat e’tirof, balki Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi keng kölamli islohotlarning oçiqdan oçiq qöllab-quvvatlanişi ramzi ekani şubhasiz.
Özbekistondagi bugungi özgarişlar «Tarixni közguga qiyoslab, ötmiş xatolarini örganiş va kelajakka boqib xulosa çiqariş kerak» degan xitoy maqolining falsafiy ma’nosini har qaçongidan ham yorqinroq aks ettiradi.
Tan Szyançjun Prezident Şavkat Mirziyoyevning xitoy tilida çop etilgan «Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida» nomli kitobining taqdimoti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.
«Mamlakatingizda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlarning tub mohiyati va falsafasini yanada çuqurroq anglaş maqsadida şaxsan özim uşbu töplamni zör qiziqiş bilan örgana boşladim. Şuningdek, avvalroq Özbekistonda Rais Si Szinpinning «Inson huquqlarini hurmat qiliş va ta’minlaş töğrisida» kitobi ilk bor özbek tilida naşr etilganidan ham behad minnatdormiz. Yetakçilarimizning bu kabi mualliflik asarlari keng jamoatçilikda har ikki mamlakat erişayotgan yutuqlarga nisbatan samimiy qiziqiş uyğotadi».
Boş kotibning fikriça, «Inson huquqlari masalalarida Özbekiston
va XXR yagona pozitsiyadan turib harakat qilişi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Inson huquqlarini örganiş böyiça Xitoy jamiyati örtasidagi Özaro anglaşuv memorandumiga muvofiq xalqaro maydondagi taşabbuslarni faol muvofiqlaştirib borişi lozim. Şuningdek, biz inson huquqlari sohasida qonun ijodkorligini örganiş, ijtimoiy ta’minot, qişloq hududlarini yuksaltiriş, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, tadbirkorlik, soğliqni saqlaş, ta’lim va yoşlar bandligini ta’minlaş kabi masalalarga asosiy e’tiborni qaratgan holda, Xitoyning 2026–2030-yillarga möljallangan Inson huquqlari böyiça milliy harakatlar rejasi bilan Özbekiston tomonidan işlab çiqilayotgan «Inson huquqlari – 2030» yangi strategiyasini bir-biriga uyğunlaştiriş imkoniyatlarini körib çiqişimiz kerak».
Xitoy tomoni-2026-yil 14-may kuni Toşkent şahrida ötkazilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantiriş böyiça IV forumi misolida ikki tomonlama asosda hamda xalqaro maydonlarda inson huquqlari sohasidagi hamkorlik faolligini alohida qayd etdi.
Uçraşuv davomida tomonlar inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş yuzasidan ham fikr almaşdilar. Diplomatik munosabatlar örnatilganining 35-yillik yubileyi nişonlanadigan 2027-yilda BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tayyorgarlik töğrisidagi deklaratsiyasini amalga oşiriş doirasida treninglar ötkaziş hamda özaro tajriba örganiş maqsadida ekspertlar almaşinuvini faollaştiriş, “Demokratlaştiriş va inson huquqlari” jurnali hamda Xitoy inson huquqlarini örganiş jamiyatining “Inson huquqlari” tahliliy jurnalida maqolalar çop etişni yölga qöyiş taklif etildi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
