Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent Xalqaro investitsiya forumida xorijlik tadbirkorlar, yirik investorlar, yuqori darajadagi mehmonlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tatyana Rey-Bellet, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi direktori:
– Xalqaro forum O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy sarmoyador, moliya-iqtisodiy tashkilot va kompaniya rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.
Fabrizio Trigila, ASSOMAC – Poyabzal, charm buyumlar va ko‘nchilik texnologiyalari milliy assotsiatsiyasi loyiha boshqaruvchisi:
– Yuqori darajadagi forum butun hamjamiyat e’tiborida bo‘lib turibdi. Mazkur anjuman tarixiy voqeaga aylanishi turgan gap. Toshkent – xalqaro investitsiyaviy loyihalarni muvofiqlashtirish uchun maydon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanyapti. Masalan, birgina yo‘nalishni oladigan bo‘lsak, charm-sanoat korxonalarimiz faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bunday istiqbolli harakatlar kelgusida faollashadi, albatta. O‘zbekiston investitsion potensialga ega mamlakatdir. Xorijiy investorlar, jumladan, Italiya tomoni ko‘plab sohalarda iqtisodiy aloqani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Toshkentda o‘tkazilayotgan investitsiya forumi O‘zbekiston va Italiya hamkorligida yangi qirralarni ochib berishiga ishonaman. Anjuman doirasida qator seksiyalarga doir uchrashuvlar o‘tkaziladi. Delegatsiyamiz G2G, G2B va B2B shakllarida ishtirok etmoqda.
Bilamiz, Italiya eksporti ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning barcha eksportining taxminan 50 foizini tashkil qiladi. Har yili Italiya kompaniyalari o‘z mahsulotlarining 70 foizdan ortig‘ini dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi. Shunday ekan, bu yeriga faqat hamkorligimiz qamrovi oshadi. Italiya mashinalarini raqobatchilardan ajratib turadigan narsa nafaqat sifat. Bu ham moslashtirish. Italiya charm-mashina ishlab chiqaruvchilari yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga o‘xshab, ish uchun "to‘g‘ri" mahsulotni yaratish uchun mijozlar bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA
- Qo'shildi: 25.03.2022
- Ko'rishlar: 2555
- Chop etish