Kasbida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 2022 yil 16 aprel kuni Kasbi tumani hokimligi binosida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Koson, Muborak va boshqa tumanlaridan kelgan fuqarolarning  murojaatlari eshitildi.

Murojaatlarda asosan uy-joy va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, ichimlik suv muammosini hal qilish, hududni obodonlashtirish, xususan, stadion qurilishiga oid masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, yerning talon-toroj qilinishi va soliq to‘lovi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratildi.

Viloyat va tegishli tumanlar hokimliklari mutasaddilariga murojaatlarni joyida o‘rganib chiqish va hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Ayrim murojaatlar tegishliligi bo‘yicha prokuratura va sud idoralariga taqdim qilindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

Powered by GSpeech