Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

Kursat Senk Shetin: “O‘zbekistonga keyingi 5-6 yil mobaynida juda katta investitsiyalar kiritildi.” (+video)

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan “Nobel farmsanoat” 2001 yilda Turkiyaning “Nobel Ilach” firmasi tomonidan barpo qilingan.

“Nobel Ilach” Turkiyadagi yetakchi dori-darmon shirkatlaridan biri bo‘lib, dunyoning 22 mamlakatida o‘z firmalari orqali eksport faoliyatini amalga oshiradi. Uchta mamlakatda: Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda ishlab chiqarish zavodlari bor. Bugungacha O‘zbekistonga 40 million dollardan ziyod investitsiya kiritgan va bu jarayon davom etmoqda.  “Nobel farmsanoat”  O‘zbekistonda 80 tur dori-darmon vositalarini 140 ko‘rinishda ishlab chiqarib, aholiga yetkazib bermoqda. Firmada 375 kishi ish bilan ta’minlangan. Shu yilning 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti farmatsevtika tarmog‘i ko‘rsatkichlarini tahlil qilar ekan soha mas’ullari oldiga katta vazifalarni qo‘ydi. 

Jumladan, Prezidentimiz farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni 3 baravarga orttirishni va mamlakat bozorining 80 foizi mahalliy ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan to‘ldirilishini vazifa qilib belgiladi. Ushbu vazifalar shu sohada faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarni o‘z faoliyatiga yangicha nazar tashlashga undadi.  Misol uchun “Nobel farmsanoat”  Respublikamizdagi dori-darmon ishlab chiqaruvchi eng yirik firmalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni oshirish va mahalliylashtirish jarayonlari qanday ketayotganligi borasida firma rahbari Kursat Senk Shetin bilan  suhbatlashdik.        

                                                                      K.Begjanov Ya.Doniyor (video) O‘zA

Powered by GSpeech