Fransiyada nashr etiladigan «Le Courrier de l’Atlas» jurnalida «O‘zbekiston: modernizatsiya jarayonini jadallashtirish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar» sarlavhali maqolasi bosildi.
Muallifo‘quvchilar e’tiborini mamlakatimizda qator muhim yo‘nalishlar, jumladan, xususiy sektorni isloh qilish bo‘yicha yangi vazifalar belgilangani, xususiylashtirish, demonopolizatsiya jarayoni jadal tus olgani, korrupsiyaga qarshi jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaratgan.
“O‘zbekiston hukumati barcha sohalarda xususiy sektor rolini oshirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish, energiya resurslari, transport, aloqa bozorini rivojlantirish va ayni sohalarga investitsiya jalb etish uchun zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan alohida chora-tadbirlar diqqatga sazovor” - deb yozadi nashr.
Maqolada davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni avtomobil, aviatsiya va temir yo‘l tarmoqlariga ta’sir qilishi, davlat-xususiy sheriklik loyihalari soni keskin o‘sishi kutilayotgani, soliq qonunchiligi o‘zgarishi va norezidentlar uchun yashashga ruxsat olish imkoniyatlari kengaygani bilan bog‘liq ma’lumotlar ham qalamga olingan.
***
Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi rahbari Tanzila Norboyevaning O‘zbekistonda mehnat munosabati rivojlanishi mavzusiga oidchiqishi ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortmoqda.
Xususan, Islom hamkorlik tashkilotining «OIC Today» jurnali sahifalaridae’lon qilingan maqolayurtimizda munosib mehnat sharoiti yaratish, bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolalar va majburiy mehnatning, odam savdosining oldini olish bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar, ushbu yo‘nalishlardagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarnijamlangan.
–O‘zbekistonning mehnat munosabatlari sohasida ro‘yobga chiqarayotgan ijobiy o‘zgarishlari allaqachon jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, ko‘pgina davlatlar uchun namuna bo‘lmoqda, - deyaxulosa qiladi «OIC Today».
***
Eronda inglizcha chiqadigan «Iran News» gazetasiYangi O‘zbekistonda mehnat munosabatining rivojlanishi mavzusiga bag‘ishlab maxsus material chop etdi. Ushbu maqolada yozilishicha, O‘zbekiston davlat boshqaruvidagi fundamental o‘zgarishlar jamiyat va davlat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda, mehnat sohasida ilgari surilayotgan ilg‘or tashabbuslar samarasini, izchilligi va samaradorligini ifodalaydi.
Xususan, jamiyat rivojlanishi modelining transformatsiyasi jarayonida “jamiyat - islohotlar tashabbuskori” tamoyili demokratik yangilanish va taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda erishilgan muvaffaqiyatlar mehnat munosabati sohasidagi keng ko‘lamli, tizimli islohotlar natijasidir. Bu jarayon qonunchilik va tashkiliy–huquqiy bazani mustahkamlash, xalqaro standartlarni hayotga tadbiq etish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, institutsional asoslarni rivojlantirish, tizimli monitoring va tadqiqot olib borish, fuqarolik jamiyati va tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish singari yo‘nalishlarni qamrabolgan.
Milliy qonunchilikni takomillashtirish sohasida 2019-2021 yillar davomida 32 ta me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi, xalqaro mehnat tashkiloti va xalqaro migratsiya tashkilotining qator konvensiya va protokollari ratifikatsiya qilindi. "Birgina 2021 yilda 16 me’yoriy-huquqiy hujjat - 4 qonun, 2 farmon, Prezidentning4 ta qarori va 6 ta hukumat qarori qabul qilindi", - deb yozgan «Iran News».
- Qo'shildi: 28.04.2022
- Ko'rishlar: 2627
- Chop etish