Joriy yilning 6-may kuni Andijon davlat universitetining ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida O‘zbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 30 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, mehmonxona xo‘jaligini boshqarish va tashkil etish, psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishida tahsil olayotgan 70 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.
Tashkil etilgan davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tayanch doktoranti Oyatillo Karimov so‘z olib, O‘zbekistonning tarixi va bugungi kundagi o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi.
Davra suhbati davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassisi tomonidan yetarlicha javob berildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
- Qo'shildi: 10.05.2022
- Ko'rishlar: 2680
- Chop etish