2022 yil 19 may kuni Toshkentda “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari” mavzusida o‘quv kursi boshlandi. Ushbu mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etildi.
O‘quv kursining maqsadi inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlatimiz siyosati hamda ushbu sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan axborotni keng jamoatchilik va xorijiy davlatlarning siyosatini shakllantiruvchi doiralarga yetkazish samaradorligi va sifatini oshirishdan iboratdir.
O‘quv kurslari davlat tashkilotlarida jamoatchilik bilan aloqalar va inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik borasida mas’ul xodimlar uchun tashkil etilgan. Mashg‘ulotga vazirlik, idora va tashkilotlardan 40 nafar vakili ishtirok etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 19.05.2022
- Ko'rishlar: 2945
- Chop etish