Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xalqaro ekologiya huquqiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

6 iyun kuni xalqaro ekologiya huquqiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Butunjahon atrof muhit muhofazasiga bag‘ishlangan “Blishenko o‘quvlari” XVIII xalqaro kongressi doirasida tashkil etildi.

“Blishenko o‘quvlari” Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining Xalqaro huquq kafedrasi tomonidan 2002 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U taniqli xalqaro yurist, professor Igor Blishenko xotirasiga bag‘ishlangan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Butunjahon ekologiya xartiyasi: xalqaro ekologiya huquqini kodifikatsiyalashtirishning yangi bosqichi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, Butunjahon ekologiya xartiyasini qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ilgari surilgan bo‘lib, BMTning ekologiya sohasidagi yangi siyosatiga asos solishga qaratilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 07.06.2022 Ko'rishlar 6 311
Ulashish