Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

Zulkifli bin BAHARUDDIN: O‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha munosib yo‘lni bosib o‘tdi

Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Zulkifli bin Baharuddin Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi haqida fikr yuritarkan, Bosh qomusni isloh qilish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar xalq farovonligi va davlat taraqqiyotini ta’minlashda muhimligini e’tirof etdi:

- O‘zbekistonda boshlangan Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish jarayoni respublikada davom etayotgan keng qamrovli islohotlar samarasi, deb o‘ylayman. Konstitutsiyani takomillashtirish maqsadida ilgari surilayotgan g‘oyalar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, xalq manfaati, yurt ravnaqiga xizmat qiladi. Buning natijasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishda aks etadi.

Men «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» modelini o‘rinli hisoblayman. Boisi, ushbu g‘oya jamiyat manfaatiga, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan.

«O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish» maqsadini ham qo‘llab-quvvatlayman. Ma’lumki, ushbu model huquqiy davlatda siyosiy va ijtimoiy, guruhlararo va davlatlararo qarama-qarshilikni universal, qulay tarzda tartibga soladi, tashkilotlar uchun barqaror me’yor va xulq-atvor qoidalari tizimini joriy etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi rahbarlarini lavozimga tayinlash vakolati davlat rahbaridan Oliy Majlisga o‘tkazilishi barcha fuqarolar manfaati, huquq va erkinligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha munosib yo‘lni bosib o‘tganini ta’kidlamoqchiman.

Xullas, men Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan navbatdagi siyosiy islohotni ham ijobiy baholayman. O‘zbekiston Bosh qomusidan o‘rin oladigan yangiliklar hayotga samarali joriy etilishiga ishonaman.

O‘zA

Powered by GSpeech