Umumxalq muhokamasi boshlandi

G.V.Plexanov nomidagi iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida “O‘zbekiston-ijtimoiy davlat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yig‘ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, 25 iyun kunidan boshlab, 5 iyul kuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga start berilganligi haqida axborot berildi.

Majlisda dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi.

 O‘z nutqida Konstitutsiyaviy komissiya raisi Asosiy qonunimizni takomillashtirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi, komissiya o‘z ishini samarali tashkil etganligi, uning faoliyatiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, soha ekspertlari keng jalb qilinganligi, chet el davlatlarining konstitutsiyaviy tajribasi chuqur va har tomonlama o‘rganilganligi haqida batafsil ta’kidlab o‘tdi.

Universitet rahbari, iqtisodchi olim, akademik Kalandar Abdurahmonov Asosiy qonunni o‘rganish va muhokama qilish, shuningdek olib borilayotgan islohotlar  yosh avlodning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Vatan oldidagi burchi va majburiyatlariga nisbatan mas’ul yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbatida olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning fikr almashishi mamlakatimizning Asosiy qonunini yanada rivojlantirish va yangilashni  qo‘llab-quvvatlashga  qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

 

Powered by GSpeech