Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Konstitutsiyaviy islohot jamoatchilik muhokamasida” mavzusida ochiq muloqot boshlandi

 Davlat boshqaruvi akademiyasida boshlangan ochiq muloqot O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini keng muhokama qilish, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Markaziy apparati, hududiy filiallari xodimlari, davlat organlari va tashkilotlari mas’ul vakillarining jarayondan xabardorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Xasanov ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

 

Nashr sanasi 28.06.2022 Ko'rishlar 6 240
Ulashish