Viloyat hokimligida konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 25 iyundan 5 iyulga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi raisi Akmal Saidov, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitaci raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov va viloyat hokimi Murotjon Azimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari, hokimlik va tashkilot xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan viloyat rahbari ochib berdi va konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, konstitutsiyaviy komissiya raisi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari yozib olindi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Rasmiy kanali

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

Powered by GSpeech