Milliy markaz vakili tanlov g‘olibi bo‘ldi

Mamlakatimizda 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun keng nishonlandi. Davlat ramzining 30 yilligi munosabati bilan joylarda turli anjuman, uchrashuv va tanlovlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Eng yaxshi maqola" tanlovi shular jumlasidandir. Tanlovda 121 nafar ijodkor o‘z maqolalari bilan ishtirok etdi.

Ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va "Eng yaxshi maqola" tanlovining 1, 2 va 3-o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ular orasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati xodimi Oydin Ibrohimova ham bor.

2 iyul kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech