12.00.13 - Inson huquqlari (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka.
TANLOV E’LON QILADI
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
magistr yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (yuridik ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinishga talabgorlar 15 yanvar - 15 fevral, 15 aprel - 15 may, 15 iyun - 15 avgust, 15 oktyabr - 15 noyabr kunlari http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazga quyidagi hujjatlarni (Fayl papkaga solingan xolda) taqdim etishlari talab etiladi:
- Ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi; Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Dissertatsiyaning mavzusi, rejasi va ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant to‘g‘risida ma’lumot.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va Markaz qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Qo'shildi: 16.07.2022
- Ko'rishlar: 4671
- Chop etish