Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi inson huquqlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi

Konstitutsiyaviy komissiyadan ma’lum qilishlaricha, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 7 turdagi ekspertizadan o‘tkaziladi.

Bu o‘rinda, jumladan:

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan lingvistik ekspertiza;

- Qonunchilik palatasi yuridik boshqarmasi tomonidan huquqiy ekspertiza;

- Adliya vazirligidan dastlabki tarzdagi huquqiy ekspertiza;

- Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan gender-huquqiy ekspertiza;

- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza;

- Savdo-sanoat palatasi tomonidan jamoatchilik ekspertizasi;

- Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertiza haqida so‘z bormoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 18.08.2022 Ko'rishlar 7 379
Ulashish