Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

OLIY DARAJADAGI O‘ZBEKISTON - SAUDIYA ARABISTONI SAMMITI MINTAQALARARO ALOQALARNI MUSTAXKAMLASHGA YANGI SUR’AT BAXSH ETADI

Xorijiy ekspertlar O‘zbekistan Prezidentining 17 avgust kuni boshlangan Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoevning davlat tashrifi xalqaro ekspertlar xamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Xorijiy tahlilchilar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun katta saloxiyat hamda mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mustaxkamlash istiqbollari mavjudligini ta’kidlamoqda.

Alvis EGLITIS,

“LETA” axborot agentligi xalqaro yangiliklar muharriri (Latviya):

— Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yangi davrini boshlab beradi. Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekiston rahbarining katta iqtisodiy salohiyatga ega va mamlakatning barqaror rivojlanishi yo‘lidagi ulkan maqsadlarini salmoqli darajada qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan Yaqin Sharqning yirik davlatiga so‘nggi 30 yil ichida amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent tomonidan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va texnologik loyihalarni aniqlashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani tushunarli holdir.

Xususan, O‘zbekiston muqobil energetika sohasidagi yirik qo‘shma investitsiya loyihalaridan katta foyda ko‘rishiga shubha yo‘q. Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 1,3 milliard dollarlik shartnoma imzolangani muvaffaqiyatli o‘zaro hamkorlikka yaqqol misol bo‘la oladi. Bunday loyihalar O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshiradi.

Bundan tashqari, Ar-Riyod raqamlashtirish sohasida dunyoning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Xususan, o‘tgan yili Saudiya Arabistoni raqamli raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi bo‘yicha “G-20”ra a’zo davlatlar orasida 20-o‘rinni egalladi. Bu soha, hech shubhasiz, keng qamrovli “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirayotgan O‘zbekistonda yuqori darajadagi qiziqishni uyg‘otadi.

Umuman olganda, tashrif ikki tomonla­ma munosabatlar nuqtai nazaridan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgani holda, uning yakunlari Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Holid TAYMUR,

“Yagona kelajakka ega jamiyat” taqlil markazi ijrochi direktori (Pokiston):

— Prezident Shavkat Mirziyoevning tashrifi global siyosatdagi jadal o‘zgarishlar ro‘y berayotgan sharoitda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shavkat Mirziyoevning siyosiy tashabbuslari va sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston mintaqaning kuchli mamlakatiga aylandi, uning davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli modeli esa O‘zbekiston Prezidentini dunyodagi mashhur siyosiy arboblardan biriga aylantirdi.

Shu bois O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratishiga ishonchimiz komil.

“Yashil”, muqobil iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, innovatsion rivojlanish sohalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzularidan bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi mintaqrlararo o‘zaro bog‘liqlikka yangi sur’at baxsh etishiga, ikki tomonlama va xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga turtki bo‘lishiga ishonch bildiramiz. Har ikki mamlakat ham oliy darajada yangi tashabbuslarni boshlash uchun katta salohiyatga ega.

Pokiston xam tarixan mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlash nuqtai naza­ridan Islomobodning ishonchli hamkori, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalarda uzoq muddatli strategik ittifoqchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda.

O‘zbekiston va Pokiston mintaqaviy xavfsizlik hamda afgon mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal etish masalalarida o‘zaro manfaatli va yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Har ikki mamlakat so‘nggi yillarda mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikning eng muhim loyihalarini amalga oshirayotgan strategik sheriklar hisoblanadi.

Shu sababli Islomobod, o‘z navbatida, Pokistonning mintaqaviy ittifoqchilari bo‘lgan Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik hamda konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo‘shadi.

Zulkifli BAXARUDDIN,

Singapurning O‘zbekistondagi elchisi:

— O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi zamonaviy ikki tomonlama munosabatlar, avvalo, o‘zaro manfaatli hamda teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida o‘zaro munosabatlar o‘suvchanlik mazmunini kasb etdi.

Mening nazarimda, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxan Ol Saudning 2021 yil Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda muhim voqea bo‘ldi. O‘shanda tomonlar muhim masalalar yuzasidan suhbatlashgani holda samarali hamkorlik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarga yuqori baho bergan edilar.

Shuni ham mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasida, shu jumladan, milliy ma’ruzalarni muhokama qilish jarayonlarida bir- birini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Har ikki davlat hamkorlikning savdo- iqtisodiy va sarmoyaviy tarkibiy qismini kengaytirish hamda mustahkamlash, yirik investitsiya loyihrlarini hayotga tatbiq etish, shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratayotganini ham ta’kidlash joizdir.

O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi, uning doirasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator dolzarb masalalarning muhokama qilinayotgani xalqaro maydonda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ishonchim komilki, ushbu tashrif yakunlari strategik sheriklikning yangi davrini ochib beradi va ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni uzoq muddatli istiqbolda yanada jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

«Dunyo» AA.

Powered by GSpeech