Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo’lga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ahamiyati ulkan, mohiyati esa beqiyosdir.
Yurtboshimiz e’tirof etganidek, “Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo’lib kelmoqda”.
Ayniqsa, so’nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g’oyat og’ir va murakkab vaziyatda Yangi O’zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish yo’lida g’oyat muhim natijalarga erishilmoqda. Bunda dastlab Harakatlar strategiyasi, endilikda Taraqqiyot strategiyasi asosiy dasturilamal bo’lmoqda.
31 avgust kuni Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazida tashkil etilgan tantanali tadbirda shu haqda so’z yuritildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 1 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida Milliy markazning keksa avlod vakillari va faol yosh xodimlari taqdirlandi.
Xususan, Milliy markaz direktori Akmal Saidov nomidan:
- Inson huquqlari sohasidagi tahlil va tadqiqotlar bo’limi yetakchi mutaxassisi Husniddin Xolmamatov;
- Axborot-resurs multimedia bo’limi yetakchi mutaxassisi Oyatilla Sobirov;
- Matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi Sarvarbek Sadullayev;
- 2-toifali kotiba – ish yurituvchi Nonna Safarova;
- Texnik xodim Gulbahor Abdullayeva;
- haydovchi Bahrom O’lmasovga “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Inson huquqlari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 31.08.2022
- Ko'rishlar: 5185
- Chop etish