TA’ZIYANOMA

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi Markazning Hisob-kitob bo’limi boshlig’i Dilbar Shodmonovaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Dilbar Shodmonova 1962 yil 8 fevralda Qozog’iston Respublikasining Chimkent viloyatida tavallud topgan. 1986 yilda Toshkent avtomobil va yo’llar institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2011 yildan boshlab Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazida mehnat faoliyatini olib borgan.

O’z sohasining yetuk mutaxassisi, oqko’ngil va samimiy ayol Dilbar opa mehnat faoliyati davrida halolligi, keng bilim va dunyoqarashga egaligi bilan barcha hamkasblarining mehrini qozondi, jamoada yuksak hurmat-ehtiromga sazovor bo’ldi.

Ibratli mehnat faoliyati, faolligi va tashabbuskorligi uchun Dilbar opa 2022 yilda “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

Qadrli hamkasbimiz, fidoyi va oqila ayol, el koriga kamarbasta farzandlar tarbiyalagan mehribon ona – Dilbar opaning yorqin xotirasi unutilmaydi, qalblarimizda yashab qoladi.

Dilbar opani Alloh o’z rahmatiga olib, oxiratlarini obod qilsin.

 

Inson huquqlari bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi

Milliy markazining kasaba

uyushmasi jamoasi

Powered by GSpeech