DIQQAT, TANLOV!

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturini to'rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika tanlovi e'lon qilinadi. 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:

Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi o'quv kursi;

Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi rasm;

Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi videorolik;

Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;

Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi o'quv adabiyotlari: bosma o'quv adabiyot va elektron o'quv adabiyoti.

Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi ta'lim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi o'rtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir.

Ishtirok etish uchun elektron arizani to'ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga 2022 yil 10 noyabrgacha konkurs2022@nhrc.uz elektron manziliga kechiktirmasdan jo'natishingiz lozim.

G'oliblar Xalqaro inson huquqlari kunida e'lon qilinadi va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanadilar.

Powered by GSpeech