Parlamentlararo ittifoqning byudjeti ijrosi ko‘rib chiqildi

2022 yil 3 oktyabr kuni Parlamentlararo ittifoqning moliya bo‘yicha quyi qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlamentlararo ittifoqning vitse-prezidenti, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi A.Saidov ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda Bosh kotib M.Chungong, Parlamentlararo ittifoqning moliyaviy masalalar bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi S.Videgren ishtirokchilarga 2022 yilga mo‘ljallangan moliyaviy faoliyat, Parlamentlararo ittifoq byudjetining joriy holati, a’zolik badallari va ixtiyoriy badallar haqida ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, tadbir davomida Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan 2023 yilgi byudjet tasdiqlandi va istiqboldagi vazifalar — samarali va vakolatli parlamentlarni qurish, inklyuziv va vakillik parlamentlarini rivojlantirish, barqaror va innovatsion parlamentlarni qo‘llab-quvvatlash, parlamentning jamoaviy harakatlarini hamda Parlamentlararo ittifoq mas’uliyatini kuchaytirish belgilab olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

Powered by GSpeech