Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi

2022 yil 5 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi A. Pinna bilan uchrashdi.

 

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Italiya parlamenti deputatlar palatasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida qonun ijodkorligi va boshqa sohalarda o‘zaro tajriba almashinuvini faollashtirish aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

O‘z navbatida, mehmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli konstitutsiyaviy islohotlar natijasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan referendumga tayyorgarlik muvaffaqiyatli olib borilayotganligi yuksak e’tirof etdi.

 

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

 

Nashr sanasi 06.10.2022 Ko'rishlar 7 389
Ulashish