Global forum ishtirokchisi professor Reyn Myullerson Toshkentga tashrif buyurdi

Mamlakatimizga 5-6 dekabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Inson huquqlari sohasida ta’lim” Global forumi ishtirokchilarining tashriflari boshlandi.

2022 yil 3 dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Toshkent xalqaro aeroportida Tallin universiteti (Estoniya) Boshqaruv, huquq va jamiyat akademiyasi faxriy professori Reyn Myullersonni kutib oldi.

Professor Reyn Myullerson – O‘zbekistonning yaqin hamkorlaridan biri. U 2022 yilda inson huquqlariga oid ilmiy va o‘quv ishlari sohasidagi samarali xalqaro hamkorligi tufayli “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoniga  (O‘zbekiston) munosib topildi.

R.Myullerson Global forum ishida qatnashadi. Xususan, olimning “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha mahorat darslari”da ma’ruza qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: Global forumning xorijiy ishtirokchilarini kutib olish uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida shtablar tashkil etildi.

Mehmonlarni mehmonxonalarga  joylashtirish, transport vositasi bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish uchun sayohatlar tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Darakchi.uz

Powered by GSpeech