O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi Uchinchi davriy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Paktga 1995 yil 31 avgustda qo‘shilgan.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan huquqlarni izchil va to‘la amalga oshirishga qaratilgan tadrijiy siyosat olib borishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston mazkur Pakt qoidalarini va BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalda samarali tatbiq etish uchun qonun ijodkorligi, ma’muriy, tashkiliy, ma’rifiy, iqtisodiy sohalarda ta’sirchan choralarni qo‘llab, ijrosini muntazam monitoring qilib bormoqda.
2022 yil 22-24 fevral kunlari BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining 71-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqildi. Sessiya yakunida Qo‘mitaning davriy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etgan taklif va tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish belgilandi.
Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan vazirlik, idora va tashkilot mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi.
Milliy harakatlar rejasining loyihasi ishchi guruh a’zolari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqildi.
Milliy harakatlar rejasi jami 34 chora-tadbirni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu tadbirlarni 2022-2026 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.12.2022
- Ko'rishlar: 4888
- Chop etish