O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan inson huquqlariga oid adabiyotlar taqdim etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etildi.

“Inson huquqlariga oid adabiyotlar” burchagida jamlangan adabiyotlar bilan muntazam foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillariga taqdim etilgan kitoblar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu adabiyotlar kutubxona fondidan munosib o‘rin egallashini ta'kidladi. “Inson huquqlari bo‘yicha Respublika Milliy markazi tomonidan sovg‘a sifatida olingan ushbu kitoblarning qiymati fuqarolarimiz huquqiy savodxonligini oshirishda, soha mutahassislariga muhim axborot vositasi, ilmiy tadqiqotchilarga esa ishonchli manba bo‘lib xizmat qilishidadir. Adabiyotlar kutubxonamiz javonlaridan o‘rin olib, kitobxonlar tomonidan erkin foydalanishga xizmat qiladi”-deydi N.Xoldorova.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy telegram kanali

 

Powered by GSpeech