Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida Singapur, Xitoy, Rossiya, Belarus, Eron, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi mamlakatlarning yirik kompaniyalari, biznes va ishbilarmon doiralari vakillari bilan 47 ta xorijiy investitsiya ishtirokida loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yilning yanvar`-noyabr` oylarida 128,6 million dollar qiymatidagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya o'zlashtirilib, yillik prognoz 80 foiz bajarilgan.
Ayniqsa, Kasbi va Nishon tumanlaridagi “INDORAMA AGRO” korxonasining paxtachilik klasterini tashkil qilish (66 million dollar), Mirishkor tumanidagi “GUZOR TEKSTIL IMPEKS” korxonasining ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish (14,5 million dollar) va Kitob tumanidagi “QARSHI CONCH CEMENT” korxonasining sement zavodi qurish (20 million dollar) loyihalari hisobiga viloyatda yuqori miqdordagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirokida «Inson huquqlarini o'qitishning uzluksiz tizimini yaratish – bugungi islohotlar talabi» mavzuidagi ma'rifiy-huquqiy aktsiya doirasida Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot institutida bo'lib o'tgan uchrashuvda, jumladan, shu haqda so'z yuritildi.
Institut rahbariyati va jamoasi bilan bo'lgan jonli muloqotda viloyat, umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mazkur oliy ta'lim muassasasida tahsil olgan mutaxassislarning ham munosib o'rni borligi alohida qayd etildi.
Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshida “Inson huquqlari kutubxonasi” tashkil qilindi. Kutubxonaga Markaz tomonidan beg'araz asosda 100 ta kitob, jumladan, akademik A.Saidovning turkum asarlari taqdim etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 03.01.2020
- Ko'rishlar: 5068
- Chop etish