Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markazda USAID vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi

 21 oktyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratova AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi – USAIDning “Sud organlarini mustahkamlash bo‘yicha dastur” loyihasi rahbari Sonya Prostran bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida “Sud organlarini mustahkamlash bo‘yicha dastur” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Sonya Prostran “Sud organlarini mustahkamlash bo‘yicha dastur” loyihasining uchta tarkibiy qismi haqida atroflicha so‘zlab berdi. Xususan, loyihadan sud tizimini kuchaytirish, sudyalarning va ularni o‘qitadigan muassasalarning salohiyatini oshirish hamda sud tizimiga nisbatan jamoatchilik ishonchini yuksaltirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar o‘rin olgan.

Mazkur loyihani Oliy sud, Sudyalar oliy maktabi, Sudyalar oliy kengashi va Milliy markaz bilan hamkorlikda amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 26.10.2021 Ko'rishlar 5 866
Ulashish