O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist G'ulom Abdirayimovich Mirzaev Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
G'ulom Mirzaev 1964 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug'ilgan. 1989 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi vaqtda – Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti), 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Bunga qadar Markaz muassisligida nashr etiladigan “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharririning o'rinbosari lavozimida ishlagan.
Ma'lumot uchun: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining matbuot kotibi bir vaqtning o'zida Markaz matbuot xizmati boshlig'i sanaladi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 14.10.2019
- Ko'rishlar: 5627
- Chop etish