O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi o'qituvchilaridan bir guruh ekspertlar In'ektsiyali narkotiklarni iste'mol qiluvchilar orasida OIV infektsiyasi zararini kamaytirish va profilaktika masalalari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o'qitish bo'yicha o'quv qo'llanma tayyorladilar. Bu ish o'qituvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslari uchun o'quv seminarlarini o'tkazishda va inson huquqlarini o'qitishda ta'lim jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan o'quv vositasidir.
U shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish nuqtai nazaridan tayyorlangan, OIV bilan kasallangan odamlar bilan ishlashda inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarga rioya qilish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar orasida zararni kamaytirish va OIVning oldini olish masalalarini tushunish nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan.
Ushbu qo'llanma Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha idorasi (UNODC) texnik ko'magida ikki tilda chop etilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
Matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.03.2020
- Ko'rishlar: 4718
- Chop etish