O'tgan yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga boy bo'ldi. Turli qiyinchilik va sinovlarni ham boshimizdan kechirdik. Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda. 2019 yil 22 dekabrda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga bo'lib o'tgan saylovlar buni yaqqol tasdiqladi. Saylovlar O'zbekiston demokratik taraqqiyot yo'lidan ortga qaytmasligini yana bir bor isbotladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigida bildirilgan ushbu fikrlarning mohiyati va ahamiyati Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan 4 yanvar` kuni Koson tumanining 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan uchrashuvda qizg'in muhokama qilindi.
Ma'lumki, A.Saidov saylovlarda ishtirok etib, 130-saylov okrugidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi. Shu munosabat bilan uchrashuvda ta'lim maskani jamoasi bilan birga, xayrixoh saylovchilar, yangi saylangan deputatning ishonchli vakillari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faollari qatnashdi.
Markazning «Inson huquqlarini o'qitishning uzluksiz tizimini yaratish – bugungi islohotlar talabi» mavzuidagi ma'rifiy-huquqiy aktsiyasi doirasida o'tkazilgan ushbu uchrashuv qatnashchilariga akademik A.Saidovning yangi ilmiy-ijodiy asarlari sovg'a qilindi.
Maktab qoshida “Inson huquqlari kutubxonasi” tashkil qilinib, beg'araz asosda 100 ta kitob taqdim etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 04.01.2020
- Ko'rishlar: 4746
- Chop etish