Saylov ko‘tarinki ruhda o‘tdi

2021 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda fuqarolar o‘z konistitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda faol qatnashdi. Toshkent shahrida 822 ta saylov uchaskasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu saylov uchastkalaridan o‘nga yaqini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy  markazi xodimlari tomonidan  kuzatib borildi.

        Markazning “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlari H.Mo‘minov, L.Holiqulov, M.Hasanova poytaxtimizning Yashnabod, Mirobod hamda Yunusobod tumanlarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan saylov uchastkalarida akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillari sifatida ishtirok etdi. Tadbir jarayonida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Yashnabod tumanidagi 663-sonli saylov uchastkasi raisi Sevara Zufarovaning so‘zlariga qaraganda, mazkur saylov uchastkasi tarkibiga 28 ta ko‘p qavatli uy kiritilgan bo‘lib, 2 ming 425 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Saylov kunining birinchi yarmida ularning 50 foizi ovoz berib ulgurgan.

O‘z navbatida, Toshkent shahridagi 667-sonli saylov uchastkasi raisi Faxriddin Xodiev bu yilgi saylovda fuqarolar orasida talabalar ham juda faol ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi 440-sonli saylov uchastkasida ovoz bergan saylovchi M.Hasanova saylov jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tgani, Islomobod mahallasi fuqarolari saylovda faol ishtirok etganiga shaxsan guvohi bo‘lgani xususida gapirdi.

        Mirobod tumanida joylashgan 122-sonli saylov uchastkasi raisi Muqaddas Egamberdieva, 125-sonli saylov uchastkasi raisi Umid Mansurov, 128-sonli saylov uchastkasi raisi Bo‘stonali Tojiboevning qayd etishicha, tegishli saylov uchastkalaridagi jarayonlar mahalliy kuzatuvchilar, ya’ni siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirokida kuzatib borilgan.

Saylov qonunchiligiga muvofiq, nuroniy otaxonu onaxonlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar ta’minlandi.

       

                                                                 “Demokratlashtirish va inson huquqlari”

jurnali tahririyati

Powered by GSpeech