6 dekabr kuni “BMT shartnomaviy organlariga yakka tartibdagi murojaatlarni ko'rib chiqish amaliyoti va eng maqbul tajribalar tahlili (Inson huquqlari bo'yicha qo'mita faoliyati misolida)” mavzusidagi seminar-trening o'z ishini davom ettirdi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O'zbekistondagi vakolatxonasi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining
Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy bo'limi hamkorligida poytaxtimizda tashkil etilgan 2 kunlik ushbu tadbir davomida oltita sho''ba doirasida mashg'ulotlar o'tkazildi.
Xususan, BMTning inson huquqlari sohasidagi asosiy mexanizmlari va inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar misolida inson huquqlarini himoya qilishning universal tizimi tahlil etildi. O'zbekiston tomonidan inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalarning ratifikatsiya qilinishi va bu hujjatlarning milliy huquq tizimida tutgan o'rniga e'tibor qaratildi.
Mashg'ulotlarda yakka tartibdagi murojaatlarni ko'rib chiqishning huquqiy asosi va bu boradagi amaliyotning umumiy tahliliga alohida urg'u berildi. Xalqaro ekspertlar BMTning turli shartnomaviy organlari tomonidan yakka tartibdagi murojaatlar ko'rib chiqilishining o'ziga xos xususiyatlarini atroflicha sharhladilar.
Bundan tashqari, BMT Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasining yakka tartibdagi murojaatlarni ko'rib chiqish amaliyoti va a'zo-davlatlarning Qo'mita taqdim etgan Mulohazalardagi tasviyalarni bajarish borasidagi eng maqbul tajribalari diqqat markazida bo'ldi.
Tinglovchilar e'tiboriga BMT Qo'mitasi O'zbekistonga yakka tartibdagi murojaatlar bo'yicha taqdim etgan Mulohazalar ijrosiga doir ma'lumotlar ham havola etildi. Bu borada mavjud yutuq va kamchiliklar
muhokama qilindi.
Shu bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag'ishlangan seminar-trening yakuniga yetdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 06.12.2019
- Ko'rishlar: 5362
- Chop etish