Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ustozlarga ehtirom

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi tashabbusi asosida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlarga ehtirom” aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Bu o‘rinda mamlakatimiz rivoji yo‘lida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida ibratli faoliyat ko‘rsatgan, ayni chog‘da, keksalik nafaqasi gashtini surayotgan yoshi ulug‘ ustozlarni xonadonlariga borib yo‘qlash haqida so‘z bormoqda.

 Markaz davriy nashri – «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali tahririyatining texnik guruhi tarjimoni Qosimboy aka Mamurov – ana shunday ehtiromga munosib ustozlardan. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining buyrug‘iga muvofiq, Qosimboy aka umumxalq bayrami arafasida Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Nashr sanasi 30.09.2021 Ko'rishlar 5 835
Ulashish