Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yangi O'zbekiston va inson huquqlari

26 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda “Mustaqil O'zbekiston davlatchiligi va huquqiy tizimi: nazariy asoslar va rivojlanish jarayonlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Onlayn shaklda tashkil etilgan anjumanda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzatilla Tillaboev ishtirok etdi va so'zga chiqdi.

Tadbir doirasida O'zbekistonda mustaqillik yillarida kechgan jarayonlar va qo'lga kiritilgan yutuqlar; davlat oliy hokimiyati organlarining shakllantirilishi va mustahkamlanishi; milliy davlatchilik va huquq tizimida erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar; Yangi O'zbekistonni yanada rivojlantirish strategiyasi yo'nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 30.08.2021 Ko'rishlar 6 201
Ulashish