12 oktyabr kuni Moskvada shu mavzuda Beshinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tashabbusi bilan onlayn shaklda tashkil etilgan an’anaviy tadbirda xalqaro tashkilotlar, Yevroosiyo makonidagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, Ombudsmanlar, parlamentlar a’zolari, akademik hamjamiyatlar vakillari va fuqarolik jamiyati institutlari faollari qatnashmoqda.
Xalqaro anjuman ishtirokchilariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet tabrik yo‘lladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 12.10.2021
- Ko'rishlar: 3266
- Chop etish