Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalari Latviya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

RIGA, 1-noyabr, /«Dunyo» AA/. Latviyaning «Freecity («Ochiq shahar») axborot portalida «Yangi O‘zbekiston: Prezident saylovi va yangi saylov qarashlari» sarlavhali  maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada ta’kidlanishicha, Prezident saylovi Yangi O‘zbekiston hayotining barcha jabhalarida, jumladan, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning uzviy va mantiqiy davomi bo‘lgan o‘zbek xalqining yuksak siyosiy tafakkuri va donishmandligining yana bir yorqin namoyishiga aylandi.

Axborot portalining «Ochiq shahar» jurnali Latviyaning dunyodagi eng nufuzli nashrlar xalqaro klubi - «Project Syndicate» ro‘yxatiga kirgan yagona nashridir.  Jurnal jahonning yetakchi davlatlari rahbarlarining  iqtisodiyot, siyosat va ilm-fan mavzulariga bag‘ishlangan maqolalarini muntazam chop etadi.

Manba: Dunyo.info

Nashr sanasi 01.11.2021 Ko'rishlar 6 123
Ulashish